Eldor Shomurodov “Rostov” tarixiga kirdi

0
4
marta oʻqilgan

Kecha Rossiya Premer-ligasi 12-turi doirasida hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p tepadigan “Rostov” TSSKAga qarshi bahs olib borib, 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Foto: Upl.uz

Mazkur bellashuvda Shomurodov ham raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi. Shu tariqa, 24 yoshli hujumchi joriy yilgi  mavsumda RPLda kiritgan gollari gollar sonini 10 taga yetkazib oldi.

Qayd etish joiz, “Rostov” tarixida 12 turdan so‘ng hech bir futbolchi 10 ta to‘p kiritmagan edi. Bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Aleksandr Maslovga tegishli bo‘lib, sobiq hujumchi 1996-yilgi mavsumda 12 bahsda 9 ta gol kiritgan.

Ma’lumot uchun, “Rostov” ortda qolgan 12 turdan keyin 26 ochko jamg‘arishga erishgan va bu boradagi rekord ham yangilandi. Klub o‘zining eng yaxshi natijasini qayd etgan 2015/16 yilgi mavsum startidagi 12 bellashuvdan so‘ng 21 ochko to‘plagan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting