Mirziyoyev Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

0
18
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Ria Novosti

Suhbat avvalida davlat rahbari rossiyalik hamkasbini tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.

Davlat rahbarlari erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish, investitsiya, fan-texnika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhim ekaniga e’tibor qaratdilar.

Prezidentlar samarali parlamentlararo, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni davom ettirish zarurligini ta’kidladilar.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Muloqot so‘ngida davlat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklikni mamlakatlar va xalqlar farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlash borasida intilishlari qat’iy ekanini tasdiqladilar

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting