“Issiq non” O‘zbekistondan “Oskar”ga nomzod sifatida ko‘rsatildi

0
37
marta oʻqilgan

O‘zbekiston milliy kinokomissiyasida 21-sentabr kuni “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga o‘zbek kinoijodkorlaridan taqdim qilingan filmlar muhokamasi bo‘lib o‘tgan.

WNJ2SpbL
Kadr: “Issiq non” filmi

Muhokamalarda rejissor Abduxalil Mingnorovning “Imom Termiziy”, Rixsivoy Muhammadjonovning “Qor yog‘moqda, oppoq qor”, Abduvohid G‘aniyevning “Elparvar”, Umid Hamdamovning “Issiq non”, Zulfiqor Musoqovning “Berlin—Oqqo‘rg‘on” hamda Ilhom Muhammadibrohimovning “Parvoz” filmlari ko‘rib chiqilgan.

O‘zbek kinosiga bag‘ishlab 23-sentabr kuni o‘tkazilgan forumda rejissor Umid Hamdamovning “Issiq non” to‘liq metrajli badiiy filmi “Oskar” mukofotiga O‘zbekiston nomidan ilgari surilishi e’lon qilingan.

Ma’lumot uchun, 2019-yil mayida Amerika kinematografiya san’ati va fani akademiyasi O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasini ro‘yxatdan o‘tkazgan edi. O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi O‘zbekiston “Oskar” qo‘mitasining muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblanadi.

Umid Hamdamovning “Issiq non” filmi 2019-yil aprelida Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Oltin humo” taqdimotida “Eng yaxshi montaj ishi”, “Eng yaxshi ssenariy” va “Eng yaxshi film” yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan “Kinoshok” festivalida esa Gran-priga loyiq ko‘rilgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting