Alkogolga qaram bo‘lgan shaxslar uchun cheklov o‘rnatilgan ishlar ro‘yxati tasdiqlanadi

0
26
marta oʻqilgan

O‘zbekistonda alkogolga qaram bo‘lgan shaxslar uchun cheklov o‘rnatilgan kasbiy faoliyat turlari ro‘yxati tasdiqlanadi. Bu haqda 2019-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar dasturida aytilgan.

Foto: Life.ru

Qayd etilishicha, 2020-yil 1-fevralga qadar Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Mas’ul ijrochilar – Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi.

Shuningdek, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni asosida ichki ishlar organlarida narkologik bemorlarni majburiy davolash va profilaktik kuzatishni ta’minlash bo‘yicha axborot almashish va ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilish uchun normativ-huquqiy baza yaratiladi.

Bundan tashqari, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni hisobga olgan holda, narkologik bemorlarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish standartlari ishlab chiqiladi hamda tasdiqlanadi.

Majburiy davolash uchun ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasalarida alkogolizmga, giyohvandlik yoki toksikomaniyaga yo‘liqqan shaxslarga ixtisoslashgan narkologik yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlanadi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting