Ozod Sharafiddinovning rafiqasi Sharofat Qo‘shboyeva olamdan o‘tdi

0
28
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinovning rafiqasi Sharofat aya Qo‘shboyeva 90 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Daryo.uz

Bugun tongda O‘zbekiston Qahramoni, zahmatkash olim, munaqqid, publitsist, tarjimon, ustoz Ozod Sharafiddinovning umr yo‘ldoshi, “O‘zbekfilm” kinostudiyasining dublyaj bo‘limida muharrir, tarjimonlik vazifalarida ishlagan inson Sharofat aya Qo‘shboyeva 90 yoshida olamdan o‘tdi.

Marhuma Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika mahallasi, Beruniy ko‘chasi, 61-xonadondan so‘nggi manzilga kuzatiladi.

Janoza bugun peshin namozidan so‘ng “Yalong‘och ota” qabristonida o‘qiladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting