“Sultana”: Oʻzbekistonda byudjeti 20 million dollar boʻlgan tarixiy serial suratga olinadi

0
28
marta oʻqilgan

Oʻzbekistonda “Sultana” nomli tarixiy teleserialni suratga olish ishlari boshlanadi. Loyihani MDHdagi eng yirik televizion kontent ishlab chiqaruvchilaridan biri boʻlgan “Star Media” kinokompaniyasi amalga oshiradi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida “Star Media” asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda xalqaro loyiha – “Sultana” serialini yaratish boʻyicha hamkorlikdagi rejalar muhokama qilindi. U Oʻzbekistonga sherigi, “Quddus”, “Poyga” va “Arvohlar shahri” kabi filmlari bilan tanilgan fransiyalik prodyuser Jan Charlz Levi bilan birga tashrif buyurdi.

Serialni suratga olish jarayoni Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Loyiha ingliz tilida suratga olinadi, unda Gollivud aktyorlari ishtirok etishi koʻzda tutilgan, aktyorlar nomi hozircha sir tutilmoqda.

“Sultana” seriali syujeti XVII asrda boʻlib oʻtgan hodisalarni oʻzida jamlagan boʻlib, bugungi kun uchun ham dolzarb boʻlgan geosiyosat, hukmronlik va sevgi uchun kurash mavzularini ochib beradi. Olti epizodni oʻz ichiga oladigan birinchi mavsum uchun byudjet 20 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Shuningdek, 2-mavsumni suratga olish ishlari davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting