Iroqdagi tartibsizliklar qurbonlari soni yuz kishidan oshdi

0
9
marta oʻqilgan

Iroqdagi tartibsizliklar oqibatida qurbonlar soni kamida 104 kishiga yetdi, deya xabar beradi Al-Arabiya telekanali Iroq Ichki ishlar vazirligi vakili general-mayor Saad Maanga tayanib.

WNJ2SpbL
Foto: Inbusiness.kz

Qurbonlar orasida xavfsizlik kuchlarining sakkiz a’zosi bor. Olti mingdan ortiq odam jarohat oldi.

Ichki ishlar vazirligi vakili shuningdek, namoyishchilar tartibsizliklar paytida 51 jamoat binosi va sakkizta turli siyosiy partiyalarning idoralarini yoqib yuborganini aytdi.

Avvalroq Iroq Bosh vaziri Adil Abdul-Mahdi namoyishchilarni Bag‘dod va Iroqning boshqa shaharlari ko‘chalarini tark etishga chaqirdi.

Yakshanba kuni norozilik namoyishlari asosan tinchlandi. Ko‘pgina talabalar universitetlar va maktablarda darslarga borishdi, davlat xizmatchilari ishga qaytishdi. Biroq, namoyishchilar chiqishgan Bog‘dodning Tahrir maydoniga kirish joylari zirhli mashinalar bilan to‘sib qo‘yilgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting