Toshkentda tezlikni oshirib boshqaruvni yo‘qotgan 23 yoshli yigit YTH qurboni bo‘ldi

0
37
marta oʻqilgan

6-oktabr, yakshanba kuni Toshkentning Olmazor tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida 23 yoshli yigit halok bo‘ldi, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

2511-680x408

Ma’lum qilinishicha, YTH soat 1:40 da Farobiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-3 avtomobilini boshqargan 23 yoshli M.M. ko‘chani yorituvchi metall ustun bilan to‘qnashib, og‘ir tan jarohatlari olgan. M.M. voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.

2512-680x408

YTHning taxminiy sababi sifatida haydovchi tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgani aytilmoqda.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting