Saida Mirziyoyeva o‘g‘li Miromonning ustozi Akmal Nurning ko‘rgazmasiga borishdi

0
48
marta oʻqilgan

Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazmalar zalida shu hafta O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Nurning “Onaizor” ko‘rgazmasi ochildi. Unga biz ham tashrif buyurdik. Tan olish kerak, taniqli mo‘yqalam ustasining noyob uslub va betakror chizgi-bo‘yoqlar bilan ajralib turuvchi, chuqur ramziy ma’noga ega, milliy an’analar va zamonamiz uyg‘unligida aks etgan asarlarini ko‘rish bizni hamisha hayratga soladi.

krp 044

Usta rassom ajoyib ustoz ekanini ham alohida ta’kidlamoqchiman. O‘g‘lim, qadrli Miromonning ijodi bunga yorqin misoldir. U 9 yoshligidan tasviriy san’atga qiziqadi va bugungi kunda Akmal Nur rahbarligida rassomlik sirlaridan saboq olmoqda. U kishi Miromonning ustozi ekani biz uchun sharaf. Ustozining o‘gitlari tufayli o‘g‘lim o‘z mahoratini tobora oshirmoqda, rang va shakl tuyg‘usini rivojlantirib, asar mavzusi va syujetini mustaqil ravishda tanlamoqda. Miromon esa, o‘z navbatida, ustozi bilan g‘oyat faxrlanadi.

krp 045

Akmal Vahobjonovich, sizga so‘nmas ilhom va yangi ijodiy marralar tilayman hamda bilim va tajribangizdan yosh iste’dodlar bilan bo‘lishayotganingiz, farzandlarimizni go‘zallik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo‘shayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman!

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting