Oʻzbekiston: Videoroliklar tanlovi – 11 ta sovrinli oʻrin; bosh sovrin – “Spark” avtomobili!

0
30
marta oʻqilgan

25-Toshkent xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” mavzusida eng yaxshi videoroliklarni yaratish uchun tanlov o‘tkazmoqda.

krp 041
Foto: Grantlar.uz

Tanlovda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, ushbu nominasiyalar bo‘yicha mustaqil ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin:
– «O‘zbekiston gastronomik turizmi» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekiston ekologik turizmi» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekiston MICE turizmi» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekiston Ziyorat turizmi» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekiston tibbiy turizmi» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekiston etnoturizmi» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekiston agroturizmi» – 15 mln. so‘m
– «Jamiyatdagi hatti-harakatlar madaniyati» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekiston hududlarining umumiyligi» – 15 mln. so‘m
– «O‘zbekistonda xavfsizlik» – 15 mln. so‘m
– Bosh mukofot g‘olibiga “Spark” avtomobili beriladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlarni DVD diskda HD formatda, ishtirokchining pasport nusxasi bilan birgalikda 2019 yilning 1 noyabriga qadar taqdim etish lozim. Hujjatlar “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” mavzusidagi ijtimoiy teleroliklar tanlovi tashkiliy qo‘mitasi nomiga: 700000, Toshkent shahri, Hamid Olimjon maydoni, “Poytaxt” biznes kompleksi, G‘arbiy tomon 4-yo‘lak, 2 qavatga “O‘zbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda yoki shaxsan yuborilishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 237-28-33, (95)1932102 telefon raqamlaridan bilib olishingiz mumkin.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting