Ashraf G‘ani Afg‘onistonning yangi prezidenti qachon qasamyod qilishini ma’lum qildi

0
19
marta oʻqilgan

Afg‘onistonning amaldagi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlari g‘olibi bo‘lgan nomzod nomi yaqin uch hafta ichida ma’lum qilinishini bildirdi. U bu haqida “Tolo” telekanalidagi intervyusida aytib o‘tgan.

Korrespondent uz 001 Ashraf ghani
Foto: Dawn

“Xalqning xolis ovoz berish yo‘li bilan shafof tarzda o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘olib nomzod keyingi uch hafta ichida qasamyodni amalga oshiradi”, — deydi Ashraf G‘ani.

U intervyu vaqtida uch haftadan so‘ng mustaqil saylov komissiyasi yakuniy natijalarni e’lon qilishini ham qo‘shimcha qilgan.

Saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan haftada Afg‘onistonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida komissiya ro‘yxatdan o‘tkazgan 9,6 million fuqarodan 2,6 million nafari ishtirok etgan.

Afg‘oniston prezidentligiga nomzod sifatida 18 kishi da’vogarlik qilgan saylovlarda uchta asosiy siyosiy guruh kurash olib borgan, bular: amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani, ijro hokimiyati rahbari Abdulla Abdulla hamda mamlakat sobiq prezidenti Hamid Karzay yetakchi bo‘lgan fraksiya a’zolari edi.

Keyinchalik Abdulla Abdulla 30-sentabrda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida prezidentlik saylovining ikkinchi turini o‘tkazishga zarurat yo‘q deb bayonot bergan.

Shuningdek, bosh vazir o‘z bayonotida ehtimoliy huquqbuzarliklarni izohlab, ovozlarni soxtalashtirish bo‘yicha asosiy xavf biometrik ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini ishlatishdan bosh tortish bilan bog‘liqligini aytgan. Afg‘onistonning shaffof saylovlari jamg‘armasining hisob-kitobiga ko‘ra, 24 foiz saylov uchastkalarining xodimlariga biometrik qurilmalar bilan to‘g‘ri ishlash o‘rgatilmagan, yana 109 ta ovoz berish punktida qurilmalar nosoz bo‘lgan.

Abdulla Abdulla biometrik ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidan foydalanish ovozlarni ommaviy ravishda qalbakilashtirishning oldini olish uchun zarurligini hamda uning jamoasi mazkur qurilmalar ishlatilmagan holda olingan ovozlarning haqiqiyligini tan olmasligini ta’kidlagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting