Rektor “Mehrobdan chayon” romanini ingliz tiliga tarjima qildi

0
17
marta oʻqilgan

Samarqand davlat chet tillari instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligiga “Mehrobdan chayon” romanini o‘zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qildi. Asar tarjimasi AQShlik mutaxassis Piter Barsum tomonidan tahrir qilindi. Tez kunlarda kitobxonlarga “Mehrobdan chayon” romani ingliz tilida taqdim qilinadi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda.

Korrespondent.uz 006
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar bermoqda

I.To‘xtasinov o‘zbek-ingliz tarjima amaliyoti bilan shug‘ullanib, shu kunga qadar Alisher Navoiy g‘azallari, Abdulla Qodiriy, Primqul Qodirov, Odil Yoqubov, Tohir Malik romanlari hamda G‘afur G‘ulom qissalarini ingliz tiliga tarjima qilgan.

Ma’lumot uchun, ayni kunlarda yurtimizda o‘zbek adabiyotining XX asrdagi taniqli namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi keng nishonlanmoqda.

 

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting