Sodiq Safoyev: O‘zbekiston bosim o‘tkazish mumkin bo‘lgan davlat emas

0
48
marta oʻqilgan

Bugun Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va jurnalistlar ishtirokida Rossiya Federasisi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienkoning 1-3-oktyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida agentlik rasmiy sayti xabar bermoqda.

krp 032
Foto: Sputnik O‘zbekiston

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, ushbu tashrif barcha sohalardagi O‘zbekiston — Rossiya hamkorligining strategik mohiyatini tasdiqlaydi. Valentina Matvienkoning O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishilgani yuqori ahamiyatga ega bo‘lib, uchrashuvlar doirasida parlamentlararo muloqot kelishuvlarning muhim qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda qo‘shma parlamentlararo komissiya allaqachon ish boshlagan va bu barcha davlatlarda ham mavjud emasligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Asosiy e’tibor mintaqaviy hamkorlikka qaratildi. Shu yilning o‘zida ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida 30 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashriflar amalga oshirildi. Umuman olganda, Rossiya Federatsiyasining 70 ta subyekti bilan viloyatlarimiz aloqa o‘rnatgan.

OAV vakillari O‘zbekistonnning YOIHga qo‘shilishi mumkinligi haqidagi ma’lumot nega davlatimiz mutasaddilaridan emas, balki Rossiya vakili tomonidan ma’lum qilinganiga izoh so‘rashdi.

Sodiq Safoyev mahalliy OAVning voqeliklarni har doim ham asosli yoritmasligini tanqid qildi.

— Jurnalistlar nega bu ma’lumot Rossiya tomonidan ma’lum qilindi, degan qarorga kelishganiga, hayronman? Joriy yilning 24-iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti parlament sessiyasida so‘zlagan nutqida mamlakatimizning YOIHga qo‘shilishining ijobiy va salbiy tomonlarini o‘rganiz zarurligini ta’kidlagan edilar. 1-avgustda Belarusda imzolangan ikki tomonlama qo‘shma bayonotning 7 bandida Belarus tajribasidan kelib chiqib O‘zbekiston hamda YOIH o‘rtasidagi hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish ko‘rsatib o‘tilgan. Bir so‘z bilan aytganda hech qanday yangilik e’lon qilingani yo‘q. Prezidentimiz faqat O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini ko‘zlab ish tutadigan kuchli va mustaqil rahbar. Aynan shu sabab uch yil avval O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati yangilana boshlangan. U yanada ochiqroq va pragmatik hamda kamroq siyosatlashtirilgan, mafkuralashtirilgan davlatga aylandi. Biz mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarimizni qayta shakllantirmoqdamiz va bu to‘g‘ri yo‘l. Shuning uchun, men yana bir ta’kidlamoqchimanki, ushbu masalada hech qanday bosim bo‘lmagan. O‘zbekiston bosim o‘tkazish mumkin bo‘lgan davlat emas!

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting