O‘zbekistonda ish haqi va pul o‘tkazmalarini kechiktirgan banklar jarimaga tortiladi

1
13
marta oʻqilgan

Markaziy bank mijozlar oldidagi majburiyatlarni buzganlik uchun banklarga nisbatan qo‘llaniladigan sanksiyalarni belgiladi, deb xabar bermoqda Norma.

Korrespondent.uz 003

Jarimalar tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori (hozirda bu 100 million so‘m)ning foizdagi nisbatlarida hisoblanadi.

Bank xizmatlari iste’molchilari bilan munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklari faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra banklar quyidagi holatlarda jarimaga tortiladi:

  • Mijozlarga ish haqini to‘lashda foydalanadigan naqd pulni olishni kechiktirish (0,005 foiz);
  • Elektron to‘lovlarni amalga oshirishda kechikish (kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1 foiz, lekin to‘lov miqdorining 10 foizdan dan ko‘p bo‘lmagan);
  • Bankning aybi bilan amalga oshirilgan noto‘g‘ri elektron to‘lovlarni qaytarishning kechiktirilishi (kechiktirilgan har bir kun uchun 0,1 foiz, lekin to‘lov miqdorining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan);
  • Pu o‘tkazish va yechib olish tartibini buzish (0,01 foiz), barcha zarur hujjatlarni taqdim etilganidan keyin hisob raqamini ochishni kechikishi yoki rad etish (0,02 foiz).

Sanksiyalar bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomada ko‘rsatilishi kerak.

Banklar sanksiya jarimalarini to‘lashdan quyida hollarda ozod etiladi:

  • Fors-major holatlari, shu jumladan, banklararo elektron to‘lovlar tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarda;
  • Bank mijozi tomonidan qonun talablariga javob bermaydigan to‘lov hujjatlari taqdim etilganda;
  • Bank yoki mijozning hisob varaqlari bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilganda.

Ta’kidlanishicha, sanab o‘tilgan jarimalar tijorat banklariga sud qarori asosida qo‘llaniladi. Shunga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarga duch kelgan mijozlar sudga murojaat qilishlari kerak.

Hujjat 2019-yilning 25-sentabridan kuchga kirgan.

1 izoh

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting