O‘zbekistonda tez buziladigan mahsulotlarga beriladigan sertifikat bir kunda rasmiylashtiriladi

0
4
marta oʻqilgan

Hukumat qaroriga muvofiq davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda “Norma” axborot huquqiy portali xabar bermoqda.

korrespondent uz 147
Foto: Google Images

Kiritilgan tuzatishlar bilan sertifikatni rasmiylashtirish va berish muddatlari belgilandi.
Unga ko‘ra:

— tez buziladigan mahsulotlarga nisbatan — zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab 1 kun;

— boshqa turdagi mol-mulklarga nisbatan — qonun hujjatlariga muvofiq (transport vositalaridan tashqari) 3 ish kunidan oshmagan muddatda.

Davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklar sotilishini ta’minlashda mahalliy hokimiyat organlari bozor va savdo majmualarida savdo o‘rinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlariga ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun, olib qo‘yilgan mahsulot majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lsa, muvofiqlik sertifikati esa mavjud bo‘lmasa, olib qo‘yishni amalga oshirgan vakolatli organning mansabdor shaxsi sertifikatlashni o‘tkazish va sertifikat olish uchun buyurtma beradi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2019-yil 28-sentabrdan kuchga kirdi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting