Xabibning otasi o‘g‘lining Moskvada Konor bilan jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi

0
28
marta oʻqilgan

UFC vazn toifasidagi amaldagi chempion Xabib Nurmagmoyedovning otasi va murabbiyi Abdulmannob Nurmagomedov, o‘g‘lining Irlandiya sobiq chempioni Konor MakGregor bilan uchrashish istagi haqida gapirdi.

korrespondent uz 146
Foto: Sportbible

Eslatib o‘tamiz, sportchilar allaqachon sakkizburchakda uchrashishgan. UFC 229 turniri doirasidagi chempionlik unvonini himoya qilganidan keyin Nurmagomedov Konorni alamli tarzda mag’lub etdi. Jangdan so‘ng sportchilar va ularning atroflari o‘rtasida janjal kelib chiqdi, shu sababli ikkalasi ham diskvalifikatsiya qilindi.

MakGregor shu paytgacha hech qachon sakkizburchakka kirmagan. Shu bilan birga, Nurmagomedov 7-sentabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida UFc 242 turniri doirasida sobiq muvaqqat chempion bo’lgan Dastin Porrier bilan uchrashdi. Nurmagamedov amerikalikni uchinchi bosqichda mag‘lubiyatga uchratdi.

“Agar MakGregor xohlasa, Moskva uni kutmoqda. U bu yerda biznikiga qaraganda ko‘proq muxlislari borligini aytgan edi. Biz uni Moskvada kutmoqdamiz. Ammo MakGregordan oldin Toni Ferguson bilan shug‘ullanishimiz kerak”, – dedi murabbiy.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting