Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida 12 ta kelishuv imzolanishi kutilmoqda

0
8
marta oʻqilgan

Shavkat Mirziyoyevning 2020-yilning fevralida Rossiyaga tashrifi davomida Moskva va Toshkent o‘rtasida 12 ta davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuv imzolanadi. “TASS”ning yozishicha, bu haqda Rossiyaning Federatsiyalar kengashi spikeri Valentina Matviyenko ma’lum qildi.

korrespondent uz 144
Foto: Reuters

“Biz hozir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kelasi yilning fevral oyi boshida Rossiyaga tashrifiga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ushbu tashrifning mazmuni bo‘yicha birgalikda ish olib boryapmiz, 12 ta yangi davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuv ishlab chiqilib imzolanishga tayyorlanmoqda”, — degan Matviyenko Oliy Majlis senati Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanishiga kuchli turtki beradi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting