UFC bilan shartnoma tuzgan birinchi o’zbek sportchisi Mahmud Murodovning ilk gonorari qancha bo’ldi?

0
27
marta oʻqilgan

Aralash jang san’ati jangchisi Maxmud Murodov UFC bilan shartnoma tuzgan birinchi o‘zbek sportchisiga aylandi va promoshndagi debyut jangida g‘olib bo‘ldi. Murodov hakamlar qarori bilan italiyalik Alessio di Chirikoni yutdi. O’zbek jangchisi ishtiroki uchun 10 ming dollar va yutgani uchun yana shuncha oldi. Bundan tashqari “Reebok” bilan shartnoma uchun 3 500 dollar oldi. Shunday qilib Murodov birinchi jangi uchun umumiy 23 ming 500 dollar oldi.

maxresdefault

“Meyvezer menga hamma narsada yordam beradi. Birinchidan, u o‘sha video va suratlarni internetga joylaganidan so‘ng hamma men haqimda bildi. Ikkinchidan, u meni moliyaviy jihatdan qo‘llaydi va maslahatlar beradi. U mening yaxshi do‘stim deb ayta olaman”, – dedi Murodov intervyusida.

Ma’lumot uchun, Floyd Meyvezer beshta vazn toifasida boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni. Sportchi o‘z faoliyatini 2017-yilda professional ringda 50 ta jangda 50 ta g‘alaba ko‘rsatkichi bilan tugatgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting