Toshkentda dahshatli zilzila haqidagi “Toshkent-66” filmi suratga olinadi

0
20
marta oʻqilgan

Rossiya va O‘zbekiston vakillari kinematografiya sohasida beshta hamkorlik memorandumini imzoladi. “Mars Media” kino kompaniyasi rahbari Ruben Dishdishyan va “O‘zbekkino” milliy agentligi rahbari Firdavs Abduxoliqov “Toshkent-66” filmining suratga olish jarayonini O‘zbekistonda tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqida agentlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Korrespondentuz 0069
Foto: TASS

Shuningdek, tomonlar “Megogo” va “O‘zbekkino” Milliy agentligi o‘rtasida “Xo‘ja Nasriddin” filmini ishlab chiqarish to‘g‘risida ham memorandum imzolagan.

Rejissor Yusuf Roziqov TASS agentligiga bergan intervyusida, rejissor va ssenarist Rauf Kubayev bilan “Toshkent-66” filmiga ssenariy yozishni boshlamoqchi ekanliklarini aytdi. Kinokartina drama janrida suratga olinadi.

Korrespondentuz 0068
Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi

“Biz yoshligimiz, hatto bolaligimizga bag‘ishlangan filmni suratga olishni xohlaymiz. Toshkentda dahshatli zilzila bo‘lgan paytlar bizning yoshlik paytlarimizga to‘g‘ri kelgan. Biz tabiiy ofat haqida emas, balki sodir bo‘lgan voqealar va hayotimizda qanday o‘zgarishlar bo‘lganini eslash niyatidamiz” – deydi Roziqov.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting