“Environmental Photographer of the Year” tanlovida g‘olib bo‘lgan eng yorqin suratlar (Fotogalereya)

1
38
marta oʻqilgan

Ekologiya muammolariga bag‘ishlangan Environmental Photographer of the Year 2019 tanlovi natijalari ma’lum qilindi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Quyida g‘olib bo‘lganlarning eng kuchli yorqin suratlari keltirildi.

“Noiloj chora”. Brakonerlardan himoya qilish uchun karkidon shoxi egovlanmoqda. Nevill Ngomane surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

Ekologik jihatdan dunyoning eng noxush megapolislaridan biri bo‘lgan Mexikoga qarashlari. Eliud Gil Samanegon surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

“Chiqindi”. Istambuldagi Bosfor bo‘g‘ozi suv ostiga nazar. Sebnem Soskun surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

Plastik paket o‘ynayotgan bola surati. Plastik paketlar ishlab chiqarish 1950-yildan 2,3 million tonnadan 2015-yilda 448 million tonnagacha oshdi. Antonio Aragona Renunsio surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

“Qattiq uyqu”. Bangladesh poytaxti Dakkada chiqindilar to‘la sohilda uxlayotgan ayolni suratga oldi. Amdad Xossey surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

12 ming yillik qadimgi Xambax o‘rmoni surati. Dj. Genri Feyr surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

“Okean yuragi”. Dengizlarni saqlash muammosiga e’tibor qaratdi. Baliqlar zaxirasi qancha kam bo‘lsa, ularning tutish usullari shunchalik tajovuzkor bo‘lmoqda. Vetnamlik Chan Tuan Vet surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

“Kundalik ish”. Minglab bangladeshliklar yaxshi yashash umidida ko‘mir tashish kabi eng og‘ir va qora ishlarni qilishga majbur. Surat muallifi M Yusuf Tushar. 

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

“Suv taqchilligi” ma’nosini anglatuvchi ta’sirli surat. Surat olingan joydagi suv taqchilligi o‘rmonlar kesilishi bilan bog‘liq. Frederik Darshin surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

“Ko‘rinmas odam”. Chiqindi yig‘uvchilar sotishga arzigulik narsa qidirmoqda. Valeri Leonard surati.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

SL Shant Kumar surati. Mumbaydagi suv toshqini.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

Daraxtlarni kechasi suratga olish oson emas. Britaniyalik suratkash Yan Ueyda ushbu kadrni olishga qariyb 1 hafta vaqtini sarfladi.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

“Shirin uyqu”. Antonio Aragona Renunsio Afrikaning Saxel mintaqasida joylashgan maktablardan biridagi partada uxlab qolgan qizni suratga oldi.

Foto: Neville Ngomane/EPOTY 2019

1 izoh

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting