Sud Messiga qarshi ishni yopdi

0
6
marta oʻqilgan

Ispaniya sudi “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga qarshi firibgarlik, pul yuvish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ayblovlari bo‘yicha sud jarayonini to‘xtatishga qaror qildi, deb xabar beradi Marca.

korrespondent uz 123
Foto: BBC

Sud ishini boshqargan sudyaning so‘zlariga ko‘ra, Fondning sobiq xodimi Federiko Rettorining da’vosi asossiz hamda hech qanday ma’lumot va dalillar bilan qo‘llab-quvvatlanmagan. Uning fikriga ko‘ra, sud jarayonini davom ettirish uchun jinoyat alomatlari topilmagan.

Ta’kidlash joizki, Messi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda birinchi marta ayblanmayapti. 2017-yilda Barselona sudi futbolchilarni soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganligi uchun 21 oylik qamoq jazosiga hukm qildi. O‘shanda futbolchi katta jarima to‘lashga majbur bo‘lgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting