“O‘zavtosanoat” Rossiyada Spark rusumli avtomobillarni “Atlas” brendi ostida ishlab chiqarmoqchi

“O‘zavtosanoat” AJ Rossiyada Spark rusumli avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishlab chiqmoqda. Bu haqda “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Korrespondentuz 0033

Yangi korxona Karachay-Cherkes Respublikasi hududida ishga tushiriladi. Spark modeli Rossiyada “Atlas” brendi ostida ishlab chiqariladi. “Hozirda ikki tomonlama ishchi guruh Karachay-Cherkess uchun texnik-iqtisodiy asoslash ustida ishlamoqda. Loyihaga ko‘ra, u yerda ishlab chiqarilgan avtomobillar raqobatbardosh va arzon bo’lishi kerak”, – dedi Umurzoqov.

Birinchi “Atlas” avtomobillari Rossiyada kelgusi yilning birinchi choragida yig‘ilishi kutilmoqda. “Agar boshqa modellarni ishlab chiqarishga ruxsat berilsa, biz ular ustida ham ishlaymiz”, – deya qo‘shimcha qildi Umurzoqov.