Sharqiy Qozog‘istonda OITS tarqalishi avj oldi

0
25
marta oʻqilgan

So‘nggi oylarda Sharqiy Qozog‘iston viloyatida OIV infeksiyasining aniqlangan holatlari ikki baravar ko‘paydi. Bu haqda YK-news.kz nashri xabar bermoqda.

Korrespondentuz 0020
Foto: Medical News Today

Viloyat OITS markazi epidemiologiya bo‘limi boshlig‘i Natalya Seleznevaga ko‘ra, ilgari viloyatda oyiga 20 kishida OIV aniqlangan bo‘lsa, iyul oyida ularning soni 45 nafarga yetgan. Virusni yuqtirib olgan bemorlarning aksariyati 20 dan 39 yoshgacha bo‘lganlardir.

Yangi yuqtirish holatlari, asosan, ayollar homiladorlik uchun ro‘yxatga olinganida va turli kasallik holatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan bemorlar tekshiruvdan o‘tganida aniqlangan.

Ilk infektsiya yuqtirish holati Sharqiy Qozog‘istonda 1996-yilda aniqlangan. O‘shandan beri 4 000 dan ortiq odam ushbu infeksiyani yuqtirib olgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting