Green Card shartlariga o‘zgartirish kiritildi. Anketani to‘ldirishda xorijga chiqish pasporti raqamini ham kiritish kerak

0
122
marta oʻqilgan

2019-yilgi Green Card dasturiga yangi talablar kiritilgani ariza beruvchilar soni keskin kamayishiga olib kelishi mumkin. Endilikda talabgorlar o‘rta maktabni bitirgan bo‘lishi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart etib belgilangan.

Korrespondentuz 0019

AQSh davlat departamentining ma’lum qilishicha, 2021-yil uchun Green Card lotereya dasturi 2019-yil 2-oktabr kuni boshlanib, 5-noyabr kuni tugaydi.

Bundan tashqari, international travel passport — xalqaro sayohat pasporti raqamini kiritish talabi ham qo‘shilgan. O‘zbekiston fuqarolari endi ro‘yxatdan o‘tish davomida xorijga chiqish pasportidagi ma’lumotlarni ham kiritishi kerak bo‘ladi.

Tasodifiy kompyuter dasturi 2020-yil 1-oktabrdan 2021-yil 30-sentabrga qadar lotereya g‘oliblarini aniqlaydi. Quyidagi davlatlar esa bu yilgi Green Card’da qatnasha olmaydi:

Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Gaiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va unga tegishli hududlar (Shimoliy Irlandiyadan tashqari) hamda Vyetnam.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting