Facebook “Cambridge Analytica” bilan janjaldan so‘ng o‘n minglab ilovalarni ishini to‘xtatib qo‘ydi

0
13
marta oʻqilgan

Facebook “Cambridge Analytica” konsalting kompaniyasi orqali ma’lumotlarning tarqalishini tekshirish doirasida 400 ga yaqin ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan “o‘n minglab” ilovalarning ishini to‘xtatilishini e’lon qildi, deya xabar beradi Associated Press.

Korrespondentuz 0018
Foto: Voice Of America

Facebook 2018-yilning mart oyidan boshlab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari shaxsiy ma’lumotlariga kirish huquqiga ega ilovalarni o‘rganishni boshlagan edi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, Facebook tekshiruvlarni davom ettirmoqda va hozirga qadar bir million ilova tekshirib chiqilgan.

Shuningdek, bir nechta ilovalar butunlay bloklangan va Facebook ularning ba’zilarini sudga ham bergan. Ular orasida Janubiy Koreyaning “Rankwave” ma’lumotlarini tahlil qilish kompaniyasi, Gonkongda joylashgan “LionMobi” va singapurlik JediMobi kompaniyalari ilovalari bor. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, ular ishlab chiqqan ilovalar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining telefonlaridagi dasturiy tizimga zarar yetkazgan.

AQSh federal hokimiyati “Cambridge Analytica” tomonidan 87 million ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisidan ma’lumotni noqonuniy olganligi haqidagi ma’lumot tufayli bir yil oldin Facebook’da tergov boshlagan edi. Ushbu ma’lumotlardan 2016-yilda AQShda bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyasi va Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi referendum paytida (Brexit) foydalangan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilinadi.

“Cambridge Analytica” ushbu holatni onlayn reklama uchun odatiy va qonuniy ma’lumotlarni yig‘ish deb da’vo qildi va aybini tan olmadi. Janjal tufayli kompaniya o‘z mijozlarini yo‘qotdi va bankrot deb e’lon qilindi.

2018-yil oktabr oyida Facebook ushbu qoidabuzarlik uchun Buyuk Britaniyada 644 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting