Microsoft o‘zining 40 mlrd.lik aksiyalarini qayta sotib olmoqchi

0
13
marta oʻqilgan

Dunyoning eng yirik global dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchisi Microsoft kompaniyasining direktorlar kengashi 40 milliard dollarlik aksiyalarni sotib olish dasturini tasdiqladi va har chorakda dividendlarni oshirishni kelishib oldi.

Korrespondentuz 0017
Foto: Static.coindesk.com

Aksiyalarni qayta sotib olish bo‘yicha yangi dasturning muddati cheklanmagan va istalgan vaqtda to‘xtatilishi mumkin, deyiladi kompaniyaning press-relizida.

Bu kompaniyaning uchunchi bor amalga oshirayotagn buyback sotib olish dasturi. Avval shunga o‘xshash dasturlar 2013 va 2016-yillarda direktorlar kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Shuningdek, Microsoft har chorakda dividendlarni 5 sentga, har bir aksiya uchun 0,51 dollargacha oshirishga qaror qildi. Bu o‘tgan chorakka nisbatan 11 foizga ko‘p. Dividendlarni to‘lash 12-dekabrga belgilangan. Yil boshidan beri kompaniyaning kapitallashuvi 36,4 foizga o‘sib, 1,05 trln.ni tashkil qildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting