Lola Karimova: Opam uchun faqat duo qila olaman

0
172
marta oʻqilgan

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova Tillayeva o‘zining Instagram sahifasida qoldirilgan opasining taqdiriga oid savolga javob berdi.

Korrespondentuz 0015

Lola Karimovaning posti ostida qoldirilgan sharhlardan birida quyidagicha savol berilgan: “G‘alati savolim uchun kechirasiz. Opangizga achinmaysizmi?”.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda sharhlarga javob qaytarishni odat qilgan Lola Karimova opasining taqdiriga hamdard ekanligini yozdi:

“Men uning taqdiriga hamdardman. Men uning ozod qilinishi masalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatolmayman. Shubhasiz, bu mening xohishimga emas, balki sud tizimiga bog‘liq. <…> Men faqat opam uchun ibodat qila olaman”.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida yana uchta holat bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan Gulnora Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi mulkini tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting