O‘zbekistonda avtomobillarning bojxona to‘lovlari bosqichma-bosqich pasaytirib boriladi

0
32
marta oʻqilgan

18-sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Repost.

Anjuman davomida O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Matbuot anjumani davomida avtomobillarning bojxona to‘lovi masalasi ham ko‘tarildi.

“Avtomobillarning bojxona to‘lovlari bosqichma-bosqich pasayib boradi. Agarda narxni birdan pasaytirib yuborsak, bu korxonani xarob qiladi”, — deydi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov.

Bundan tashqari, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farruh Qoraboyevning ta’kidlashicha, GM samarasiz korxonaga aylanib qolgan.

“GM so‘nggi 25 yil ichida samarasiz korxonaga aylandi”, — deydi Farruh Qoraboyev.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting