O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi kursantlar paxta terimiga jalb etilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

0
23
marta oʻqilgan

10-sentabr kuni ayrim internet-nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda Bojxona instituti kursantlaridan paxta yig‘im-terim mavsumiga ko‘ngilli asosda jalb etish bo‘yicha “tilxat”lar olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Korrespondentuz 0014
Foto: Kapital.kz

Davlat bojxona qo‘mitasining axborot xizmati ushbu ma’lumotni rad etib chiqdi.

“Bugungi kunda Bojxona institutida o‘quv jarayoni tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja asosida uzilishlarsiz davom etmoqda. Institut kursantlarini paxta yig‘im-terim mavsumiga jalb etish bo‘yicha biror bir buyruq qabul qilinmagan”, — deyiladi qo‘mita axborot xizmati xabarida.

Qayd etilishicha, barcha shaxsiy tarkib o‘quv jarayonida to‘liq ishtirok etmoqda.

Avvalroq Ichki ishlar vazirligi ham vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari kursantlari paxta yig‘im-terimiga olib chiqilishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etib chiqqan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting