Tugʻilgan kuni munosabati bilan Atambayev holidan xabar olindi

0
29
marta oʻqilgan

Qirgʻiziston Respublikasi milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) tergov hibsxonasida saqlanayotgan mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni koʻrgani uning oldiga turmush oʻrtogʻi Raisa Atambayeva va oʻgʻli Qodir borishdi. Atambayev 17-sentabr kuni 63 yoshni qarshi oldi. Bu haqda Qodir Atambayev feysbukdagi sahifasida post yozib qoldirgan.

Korrespondentuz 0012
Foto: NTV

Qodir Atambayevning taʼkidlashicha, otasi qirgʻiz-tojik chegarasidagi vaziyatdan xavotirda va tez orada tinchlik va barqarorlik oʻrtatilishiga umid bildirgan. Sobiq prezidentning soʻzlariga koʻra, hozir Qirgʻiziston hukumati oʻz saʼy-harakatlarini oʻz tarafdorlariga qarshi emas, balki mamlakat xavfsizligining jiddiy muammolarini hal qilishga qaratishi kerak.

“Biz onam bilan otamni tugʻulgan kuni bilan muborakbod etdik. Otamning kayfiyati yaxshi va oʻzini yaxshi his qilyapti. Unga soʻnggi xabarlarni yetkazdik va men tez orada keltirib berishim kerak boʻlgan adabiyotlar roʻyxatini muhokama qildik”, – deya yozadi Qodir.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting