Xitoy Avstraliya parlamentiga xakerlik hujumida ayblanmoqda

0
10
marta oʻqilgan

Avstraliya razvedka xizmati, may oyida bo‘lib o‘tgan umumiy saylov oldidan mamlakat parlamentiga xakerlik hujumi ortida Xitoy turganiga ishonadi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Avvalroq, Avstraliya federal parlamentining barcha a’zolari idoraning kompyuter tarmog‘iga “murakkab” kiberhujumdan so‘ng parollarni o‘zgartirishga majbur bo‘lganlari haqida xabar berilgan edi.

Reuters agentligining manbalariga ko‘ra, Avstraliyaning Kiberxavfsizlik razvedkasi agentligi Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi xurujlarda ishtirok etgan deb taxmin qilmoqda. Avstraliya tomoni Pekin bilan munosabatlarning yomonlashuvidan qo‘rqib, qo‘shimcha ma’lumot bermadi.

O‘z navbatida, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Xitoyning har qanday aralashuvi yoki xakerlik hujumlarini rad etdi.

Agentlikning ta’kidlashicha, xujumlar paytida xakerlar soliq va xalqaro siyosat bilan bog‘liq hujjatlar, shuningdek parlament a’zolari va boshqa fuqarolar o‘rtasidagi shaxsiy yozishmalarga kirishgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting