O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk bor 9400 so‘mdan oshdi

0
16
marta oʻqilgan

O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17-sentabrdan amal qiladigan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra,

  • AQSh dollari kursi 15 so‘m 67 tiyinga o‘sib, 9411,30 so‘mga yetgan;
  • yevro kursi 60 so‘m 57 tiyinga o‘sib, 10 421,13 so‘mga yetgan;
  • rubl kursi 3 so‘m 55 tiyinga o‘sib, 146,51 so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Avvalroq Markaziy bank kursni erkin qo‘yib yuborganini, biroq valyuta birjasidagi savdo ma’lumotlariga asoslanib har dushanba kuni valyuta kurslarini e’lon qilib borishini ma’lum qilgan edi.

Valyuta birjasidagi 13-sentabrdagi savdolar yakuniga ko‘ra dollar kursi 9 425 so‘mni tashkil etgan edi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting