Suriyalik qochqinlar vatanlariga qaytishmoqda

0
18
marta oʻqilgan

Rossiya Mudofaa vazirligining Facebook’dagi xabarnomasida aytilishicha, o‘tgan kun davomida 1,3 mingdan ortiq suriyalik qochqinlar Iordaniya va Livandan Suriyaga qaytgan.

Foto: Ria Novosti

“O‘tgan kun davomida 1324 qochqin Suriya Arab Respublikasiga xorijiy davlatlar hududlaridan qaytib keldilar, shu jumladan Livandan 421 kishi Jaydet-Yabus, Tell-Kalah (ayollar – 126, bolalar – 215) nazorat o‘tish punktlari orqali qaytgan. Iordaniyadan esa Nasib nazorat o‘tkazish punkti orqali – 903 kishi (ayollar – 271, bolalar – 461) o‘z yurtiga qaytib kelgan.

Hammasi bo‘lib, 2018-yil 18-iyuldan boshlab 400 573 qochqin chet eldan Suriyaga qaytdi: 126 mingdan ortig‘i Livan va 274 mingdan ortig‘i Iordaniyadan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting