Istanbulda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari orasida pasportga oid muammolar soni keskin ko‘paydi

0
21
marta oʻqilgan

Oxirgi paytlarda Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari orasida shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat — pasportga oid muammolar soni keskin ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

korrespondent uz 079
Foto:www.ermenihaber.am

Bu muammolar asosan O‘zbekiston fuqarolarining pasportni o‘g‘irlatishi, yaroqsiz holatga kelishi, garovga berishi, yo‘qotib qo‘yishi va amal qilish muddatini o‘tkazib yuborishi tufayli kelib chiqmoqda.

Ushbu muammolarni o‘z vaqtida bilan hal qilishda Bosh konsulxona tomonidan fuqarolarga tegishli huquqiy-konsullik yordamlar ko‘rsatilmoqda va ularga vatanga qaytish sertifikatlari o‘rnatilgan muddatda rasmiylashtirib berilmoqda.

Xususan, 2019-yilning 1-yanvaridan 1-sentabriga qadar bo‘lgan muddat davomida Bosh konsulxona tomonidan 1 328 kishiga Vatanga qaytishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Ulardan:

  • 671 nafari pasportini yo‘qotgan;
  • 44 nafari o‘g‘irlatgan;
  • 263 nafarida pasportning amal qilish muddati o‘tib ketgan;
  • 6 nafaridan Turkiya huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan turli tergov yoki pasportdagi soxta muhrlarni aniqlash maqsadida olib qo‘yilgan.

Bundan tashqari, 314 ta sertifikat Turkiyada tug‘ilgan yoki ketishga hujjati mavjuda bo‘lmagan bolalarga va 57 tasi esa boshqa sabablar uchun rasmiylashtirib berilgan.

“Ushbu muammoni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, aksar vatandoshlarimiz o‘zlarining Turkiyada noqonuniy yurganligi sababli pasport o‘g‘irlangani yoki yo‘qolgani haqida politsiyaga murojaat qilmaydi. Ular Bosh konsulxonaga pasporti yo‘qolgan shaxs sifatida murojaat etishadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, pasport o‘g‘irlangani yoki yo‘qolgani to‘g‘risida politsiyaga o‘z vaqtida murojaat qilish kelajakda fuqaro pasporti bilan bog‘liq ehtimoliy muammolardan (jinoiy guruh a’zolari o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida foydalanishilari mumkin) asraydi.

Asosan pasportni o‘g‘irlatish yoki yo‘qotish holatlari Istanbul shahrining Fotih tumani hududi (sayyohlar va tadbirkorlar ko‘p keladigan Lalili, Oqsaroy, Qumkapi va Boyazit mavzelari)da ko‘p ro‘y bermoqda”, — deyiladi TIV xabarida.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolari pasportlarini o‘zgalarga garov sifatida berib, Bosh konsulxonaga hujjatini yo‘qotgan shaxs sifatida murojaat qilish holatlari ko‘paymoqda. Pasportlarini garovga qo‘yib, Vatanga qaytish guvohnomasi bilan O‘zbekistonga ketganlar ustidan shikoyat arizasi bilan murojaatlar qilinmoqda va ularning garov evaziga olgan qarzlarini qaytarishlari talab qilinmoqda. Bu

kabi holatlarda Bosh konsulxona vaziyatga aniqlik kiritish va tegishli choralar ko‘rish uchun shikoyat arizasini rasmiylashtirib O‘zbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi idoralar manziliga yubormoqda.

Shu bilan birgalikda fuqaroning e’tiborsizligi tufayli pasportlarni amal qilish muddati o‘tib ketish holatlari ham ortib borayotgani kuzatilmoqda. Bosh konsulxonaga e’tiborsizligi tufayli pasportining amal qilish muddati 5—7 yil oldin tugagan fuqarolar murojaat qilgan holatlar ham mavjud.

Bosh konsulxona Turkiyada bo‘lib turgan yoki u bu yerga kelmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarini o‘z shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasportlarini asrab-avaylashga va undagi amal qilish muddatiga e’tiborli bo‘lishga chaqirgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting