Karkidon suv ombori to‘lig‘icha O‘zbekistonga berildi

0
64
marta oʻqilgan

Qirg‘iziston hukumatining O‘sh viloyati ma’muriyatidagi vakolatxonasi O‘zbekiston bilan yer maydonlari almashilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Kloop.

karkidon-1

O‘zbekistonga O‘sh viloyati Aravon tumanining Tuyamo‘yin okrugidagi, Karkidon suv ombori yonidagi yer maydoni berilgan. Uning evaziga Qirg‘izistonga Gulbahor qishlog‘i yonidagi yer berilgan.

Qayd etilishicha, chegaralar demarkatsiyasi shu haftada o‘tkaziladi. Har ikki hudud ham bir xil maydon — 407 gektarga ega.

O‘sh viloyati ma’muriyatiga ko‘ra, hududlarni almashish haqida Qirg‘iziston ancha oldin tashabbus bildirgan.

Bu almashinuvga Qirg‘iziston tomonidan anchadan beri tashabbus bildirib kelingandi. So‘nggi muzokaralar vaqtida chegaraning demilitatsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Nurqiz Qodirbek qizi, O‘sh viloyati ma’muriyati matbuot kotibi

Endi suv omborining butun hududi sohilbo‘yi bilan birga O‘zbekistonga tegishli bo‘ladi. Qirg‘izistonning Karkidon qishlog‘i aholisi suv omboridan chiquvchi daryodan foydalana oladi.

Eslatib o‘tamiz, 10-sentabr kuni Karkidon suv ombori yonida mahaliy aholi va o‘zbek harbiylari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan edi. O‘zbek harbiylarining suv ombori yonida to‘siqlar o‘rnatishi mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘lgandi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting