Sergey Lavrov: Suriyada urush tugadi

0

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Suriyada urush tugaganini va mamlakat sekin-asta tinch hayotga qaytayotganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Lavrovga ko‘ra, endilikda Suriyaga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakatdagi inqirozni bartaraf etish uchun siyosiy jarayonlarni ilgari surish masalasi asosiy rejaga chiqqan.

“Suriyadagi urush rostdan ham tugadi… Faqatgina Idlib, Firot daryosining sharqiy qirg‘og‘i kabi Suriya hukumatining nazoratida bo‘lmagan alohida hududlar qolmoqda”, — deydi vazir.

Rossiya 2015-yilning sentabrida Suriyada harbiy operatsiyalarni boshlagan edi. Prezident Vladimir Putin uch marotaba Rossiya qo‘shinlarini mamlakatga kirgizish bo‘yicha farmoyish bergandi.

31-avgustdan boshlab Suriyaning Idlib viloyatidagi deeskalatsiya zonasida o‘t ochishning to‘xtatish rejimi joriy etilgan. 7-sentabr kuni AQSh Harbiy havo kuchlari “Al-Qoida”ga bog‘liq jangarilar boshqaruvidagi punktga zarba bergan, oqibatda 50 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Avvalroq, AQSh Mudofaa vazirligi Suriyaning shimoli-sharqiga 150 ga yaqin AQSh qo‘shinlarini yuborishni rejalashtirayotgani haqida ma’lumot bergan edik.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting