“Ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan”. MMA jangchisi Muslim Omonov o‘limi tafsilotlari oshkor qilindi

0

10-sentabr kuni Toshkentda MMA professional jangchisi Muslimbek Omonov mushtlashuvda olgan jarohati oqibatida vafot etdi.

Toshkent shahar IIBB hodisa tafsilotlarini oshkor qildi, deb yozadi Repost.

11-sentabr, chorshanbaga o‘tar kechasi soat taxminan 00:50da Yunusobod tumanida joylashgan kafelarning birida bir-biridan alohida ikki davrada o‘tirgan yigitlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Tomonlar ko‘chaga chiqib, Shayxontohur tumaniga qarab yo‘l olgan, keyin yana Yunusobodga qaytgan va u yerda mushtlashuv kelib chiqqan. Yigitlardan biri sportchini o‘tkir tig‘li jism bilan urgan.

23 yoshli Muslimbek Omonov shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay hayotdan ko‘z yumgan. U ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting