Bagam orollarida “Dorian” to‘foni tufayli 2,5 ming kishi bedarak yo‘qoldi

0
22
marta oʻqilgan

Bagam orollarida Dorian to‘foni tufayli 2,5 ming kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Bagam orollari favqulodda xizmati xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespodent.net” nashri.

Xabarga ko‘ra, yo‘qolganlarning soni kamayishi mumkin. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligi vakili ma’lumotlar bazasi ishlanayotganini va evakuatsiya qilinganlarning ba’zilari hali ham o‘z ismlarini ro‘yxatda qayd ettirmaganini ta’kidladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni horizda 50 kishini tashkil qiladi. Shuningdek, o‘n minglab odamlar hali ham yordamga muhtoj.

AQSh hukumatining xabar berishicha, 5 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan, ammo hali ham 6 dan 7 mingtagacha kishi evakuatsiya qilinishi kerak. Hozirda yuzlab odamlar Nassau shahridagi vaqtinchalik boshpanalarda saqlanmoqda. Favqulodda vaziyat xizmati xodimlari Abako orolida ikkita chodir lageri qurishni rejalashtirgan.