AQSh Oliy sudi muhojirlarga boshpana berishni cheklashga ruxsat berdi

0
13
marta oʻqilgan

AQSh Oliy sudi prezident administratsiyasiga birinchi instansiya qarorini bekor qilib, Meksika chegarasida muhojirlarga boshpana berishni cheklash huquqini berdi, deb xabar qiladi “Kommersant”.

Yangi tashabbusga ko‘ra, prezident administratsiyasi mamlakatga uchinchi davlat orqali kelgan muhojirlarga boshpana bermaslik huquqini beradi. Prezident Donald Tramp Twitter’dagi sahifasi orqali ushbu voqeani ulkan g‘alaba deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident etib saylanganidan buyon Donald Tramp migratsiya siyosatini kuchaytirish tarafdori bo’lib kelgan. Hatto Meksika bilan chegarani devor bilan to‘sib chiqishni Kongress orqali tasdiqlagan. AQSh mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, shartnoma bo‘yicha 2020-yilning oktabrigacha bitkazilishi kerak bo‘lgan devorni qurishga 986 million dollar kerak bo‘ladi.