Noroziliklar tufayli avgust oyida Gonkongda sayyohlar oqimi 40 foizga kamaydi

0
14
marta oʻqilgan
korrespondent uz 076
Foto: Kommersant.uz

Avgust oyida Gonkongga tashrif buyuradigan sayyohlar soni yillik hisobda 40 foizga kamaydi, dedi Gonkong moliya kotibi Pol Jan. U sayyohlar oqimining kamayishini uch oydan beri davom etayotgan noroziliklar bilan bog‘ladi.

“So‘nggi oylardagi ijtimoiy omillar, aniqsa politsiya bilan namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar, aeroport va yo‘llarning yopilishi Gonkongning xavfsiz shahar, tijorat, aviatsiya va moliyaviy markaz sifatidagi xalqaro obro‘siga jiddiy zarar yetkazdi. Shuningdek, mahalliy iqtisodiyotga, xususan, turizmga ta’sir ko‘rsatdi”, — degan Chjan o‘zining blogida.

Norozilik namoyishlari ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun sabab o‘tkazilmoqda. Namoyishchilarning fikriga ko‘ra, ushbu qonun Xitoydan Gonkongga qochgan dissidentlarga qarshi qaratilgan. Gonkong ma’muriyati rahbari Kerri Lam 4-sentabr kuni ushbu qonun loyihasini qaytarib oldi. Shunga qaramay, namoyishchilar mitingni to‘xtatmayapti.