Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonni ishdan bo‘shatdi

0

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Boltonning ishdan olinganligini e’lon qildi.

“Kecha men Jon Boltonga uning Oq uydagi xizmatlari endi kerak emasligi haqida xabar berdim. Men uning ko‘plab takliflariga qo‘shimasligimni aytdim va uni iste’foga chiqishini so‘radim”, – deb yozdi u tvitterda.

Ishdan bo‘shatilgani haqida e’lon qilingandan so‘ng, Bolton o‘z iltimosiga binoan ketganini aytdi. “Kecha kechqurun iste’foga chiqmoqchi edim, lekin Prezident Tramp menga buni ertaga muhokama qilishimizni aytdi”, – deya xabar qoldirdi Bolton tvitterda.

Jon Bolton bu lavozimda 2018-yil aprel oyidan beri ishlab kelayotgan edi. U tashqi siyosatga nisbatan keskin qarashlari bilan tanilgan. Xususan, Bolton AQShning Eron bilan yadroviy bitimdan chiqishini, KXDRga va Vashingtonning Suriyadagi mojaroga aralashuviga nisbatan faol bosimni, shuningdek Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni qo‘llab-quvvatlagan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting