“9/11” fojeasini yodga olamiz

0

Insoniyat tarixidagi eng yirik terrorchilik hujumi bundan 18 yil oldin – 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan edi. O‘sha kuni butun dunyo Jahon Savdo Markazi va Pentagon binolariga terrorchilik hujumini translyatsiya qilayotgan televizion ekranlari qarshisida muzlab qoldi. Fojia 2977 kishining hayotiga zomin bo‘ldi – ular 92 davlat fuqarolari edi.

Foto: NewShub

E’tiboringizga tarixiy Qo‘shma Shtatlar va butun dunyo tarixini “oldin” va “keyin” ga ajratgan kun voqealari translyatsiyasini havola etamiz.

Bugun butun dunyo 2001-yil 11-sentabr fojiasini esga oladi.

O‘sha kuni “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti jangarilari to‘rtta yo‘lovchi samolyotini qo‘lga olib, Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Pentagonga hujum uyushtirishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, terroristlarning maqsadi Oq uy yoki Kapitoliyga ham hujum qilish bo‘lgan.

2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-York hokimligiga saylovlar bo‘lib o‘tishi kerak edi. “Ajoyib kun edi. Havo issiq ammo yoqimli, osmon esa musaffo edi. Osmonga qarab, “Qanday go‘zal kun!”, deb o‘ylaganim esimda. Va kutilmaganda shu mudhish hodisa sodir bo‘ldi”, – deb eslaydi Fox News prodyuseri Jonatan Vachtel.

Ertalab AQSh Prezidenti Jorj Bush odatga ko‘ra, Injilni ochdi va ertalabki mashqlarni bajarish uchun yugurishga chiqdi. Rejaga ko‘ra, nonushtadan so‘ng u boshlang‘ich maktabga o‘quvchilar bilan uchrashish va yangi ta’lim islohotini muhokama qilish uchun borishi kerak edi.

O‘sha kuni ertalab 19 kishidan iborat terroristik guruh to‘rtta yo‘lovchi avialaynerni qo‘lga olishdi. Har bir guruhda kamida samolyot boshqarishning boshlang‘ich mashg‘ulotlarini o‘tagan bittadan a’zo bor edi. Bosqinchilar ushbu samolyotlarning ikkitasini Nyu-Yorkning Manxetten janubida joylashgan Jahon savdo markaziga yo‘naltirishdi. American Airlines aviakompaniyasining 11-reysi Jahon savo markazi -1 minorasiga (shimolda), United Airlines 175-reysi esa Jahon savdo markzi – 2 minorasiga (janubiy) borib urildi. Natijada esa ikkala minoralar ham qulab tushdi. Bu esa qo‘shni binolarga jiddiy zarar yetkazdi.

Uchinchi samolyot (American Airlines-ning 77-reysi) Vashington yaqinida joylashgan Pentagon binosiga yuborildi. Yo‘lovchilar va to‘rtinchi aviakompaniyaning ekipaji (United Airlines 93-reysi) samolyotni terrorchilardan nazoratga olishga harakat qilishdi, biroq samolyot Pensilvaniya shtatidagi Shanksvil Boro yaqinidagi dalaga qulab tushdi.

19 terrorchidan tashqari hujumlar natijasida 2977 kishi halok bo‘ldi, yana 24 kishi bedarak yo‘qoldi. Ushbu terakt qurbonlar soni bo‘yicha tarixdagi eng yirik terroristik hujum deya baholandi.

Foto: Korrespondent.uz muxbiri Ixtiyor Rahman “911 Xotira maydonida”

11-sentabr voqealarini ommaviy axborot vositalarida yoritish boshlanishi bilan, hujumlar ortida Usama bin Laden turgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Hujumlardan bir necha soat o‘tgach, FQB terrorchilikda gumon qilingan shaxslarning ismlarini (shuningdek, boshqa tafsilotlar, shu jumladan, tug‘ilgan joyi va yashash joyi, bank hisob raqamlari va boshqalar ma’lumotlar) e’lon qildi. Aeroportda qoldirilgan va American Airlines aviakompaniyasining 11-reysiga yuklanmagan Muhammad Attaning bagajida barcha 19 terrorchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, voqeaga oid ma’lumotlar mavjudligi aniqlandi. Hujumlar paytida Milliy xavfsizlik agentligi va Germaniya razvedka agentligi Usama bin Ladinga ishora qilingan bir nechta xabarni ushlashga muvaffaq bo‘lishgan.

2002-yilda AQSh hukumati va Kongress “2001-yil 11-sentabrdagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining terrorchilik hujumlari bo‘yicha milliy komissiyani tuzdilar, u “9/11 komissiyasi” deb ham nomlanadi.

2004-yil 22-iyulda komissiya teraktlarni “Al-Qoida” a’zolari tomonidan amalga oshirilganligini o‘z hisobotida ma’lum qildi. Hisobotda aytilishicha, 11-sentabr voqealari tashkilotchilari ushbu operatsiyani rejalashtirish va o‘tkazish uchun 400 000 – 500 0000 AQSh dollari atrofida mablag‘ sarflashgan, ammo bu mablag‘larning kelib chiqishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

11-sentabr hujumlari Amerika jamiyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Amerikaliklar favqulodda vaziyatlar xodimlariga, ayniqsa yuqori darjadagi xavfga va katta yo‘qtorishlarga duch kelgan o‘t o‘chiruvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Bir necha kundan so‘ng, halok bo‘lganlarning qarindoshlari uchun mablag‘ to‘plash uchun ko‘plab ommaviy chiqish va konsertlar o‘tkazildi. 2002-yildan beri AQSh Kongressi qarori bilan 11-sentabr AQShda “Patriotlar kuni” sifatida nishonlanadi. 2009-yildan boshlab esa AQSh Bosh qonunining 111-13-moddalari qabul qilinganidan keyin ushbu sana “Milliy xizmat va xotiralar kuni” deb ham yuritiladi.

Ixtiyor Rahman tayyorladi

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting