Eng qattiq senzura bo‘lgan o‘n mamlakat aniqlandi

0

Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi eng qattiq senzura bo‘lgan o‘n mamlakatni ma’lum qildi. Ro‘yxat 10-sentabr, seshanba kuni Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasining (CPJ) maxsus hisobotida e’lon qilindi.

CPJ ma’lumotlariga ko‘ra, eng qattiq senzura bo‘lgan davlatlar quyidagilar: Eritreya, Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Vetnam, Eron, Ekvatorial Gvineya, Belarusiya, Kuba.

Ushbu ro‘yxatdan faqat hukumat ommaviy axborot vositalarini qattiq nazorat qiladigan davlatlar o‘rin olgan. Suriya, Yaman va Somali kabi mamlakatlarda jurnalistlar uchun sharoitlar mojarolar va nodavlat omillardan kelib chiqgani hisobga olingan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting