Emomali Rahmon Rogʻun GESini qurgan quruvchilarga davlat mukofotlarini topshirdi

0

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rogʻun GESi quruvchilariga davlat mukofotlarini topshirdi.

Korrespondentuz 003
Foto: president.tj

Taqdirlash marosimi oldidan davlat rahbari barcha ishtirokchilarni muhim tarixiy voqea – Rogʻun gidroelektrstantsiyasining ikkinchi agregati ishga tushirilishi bilan tabrikladi.

Rahmon turli kasbga ega boʻlgan va “oʻn yillik qurilishida” ishtirok etgan 42 nafar xodimni taqdirladi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Rogʻun GESi ishchilari va mutaxassislari “II darajali Sharaf” ordeni, “Xizmati shoista” medallari va Tojikiston Respublikasi faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan.

Davlat mukofotini topshirish marosimida ushbu obʼyekt qurilishida ishtirok etgan barcha rang va darajadagi xodimlar – ekskavatorchilar, montajchilar, haydovchilar, svarщiklar, burgʻalovchilar, elektriklar, plotniklar, muhandislar va qurilish kompaniyalari rahbarlari qatnashgan.

Tojikiston prezidenti Rogʻun GESi qurilishida har bir insonning hissasi muhim ekanligini taʼkidlab oʻtgan.

Tadbir yakunida Rahmon barcha ishtirokchilarga munosib mehnatlari uchun yana bir bor minnatdorlik bildirgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting