Samarqand xalqaro aeroportini kengaytirish ishlari boshlandi

0

Samarqand xalqaro aeroportini rekonstruktsiya qilish ishlari boshlandi, deb xabar berdi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi matbuot xizmati.

Korrespondentuz 001
Foto: Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

“6-sentabr kuni Samarqand xalqaro aeroportining turargohi hamda uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruktsiya qilish ishlari boshlandi”, – deyiladi xabarda.

Mazkur rekonstruktsiya ishlari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keng koʻlamdagi bu ishlarga 150 dan ortiq transport va texnika vositalari jalb etilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Prezidenti joriy yil 26-iyul kuni Samarqand shahriga tashrifi chogʻida Samarqand xalqaro aeroportini rivojlantirishga oid rekonstruktsiya loyihasi bilan tanishgan edi.

Bu yerda yana bir terminal qurish, uchish-qoʻnish yoʻlagini rekonstruktsiya qilish, samolyotlar turargohini kengaytirish, radiolokatsiya tizimlarini takomillashtirish rejalashtirilgan. Yangi aerovokzal esa barcha xalqaro talablarga javob beradigan, soatiga 600 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatadigan boʻladi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting