62 yashar o‘qituvchi o‘quvchi qizni “repetitorlik” bahonasida muntazam zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

0

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani huquq tartibot organlari 62 yashar kimyo fani o‘qituvchisining o‘quvchi qizni bir yarim yil davomida maktab hududida muntazam jinsiy zo‘rlab kelgani yuzasidan tergov olib bormoqda.

Foto: Flickr / CameliaTWU

Tuman ichki ishlar bo‘limi mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.

O‘z o‘quvchisini jinsiy zo‘rlashda gumonlanayotgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgan va uning 60 yoshdan oshgani e’tiborga olinib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanmagan.

O‘zining 62 yashar kimyo fani o‘qituvchisi tomonidan maktab hududida 1,5 yil muttasil zo‘rlanganini iddao qilgan o‘quvchi qiz, zo‘rlashlar 2017-yil sentabridan 2019-yil martiga qadar davom etib kelganini aytgan.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting