O‘zbekistonda harbiy xizmatga chaqiruv bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi

0

Prezident tomonidan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun imzolandi.

korrespondent uz 073
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qonun bilan 10 dan ortiq qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida 12 oy qilib belgilandi, (hozirga qadar oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimidagi xizmatchilar uchun — 12 oy (oliy ma’lumotli shaxslar uchun 9 oy); chaqiruv bo‘yicha ofitserlar tarkibi lavozimlarida o‘tayotgan ofitserlar uchun 9 oy).

Shuningdek, endilikda fuqarolarni chaqiruv uchastkalarida qayd etish ular umumta’lim maktabidagi yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasasidagi oxirgi o‘qish yilining aprel — may oylarida amalga oshiriladi (hozirga qadar ular 16 yoshga to‘lgan yili aprel— iyun oylarida amalga oshirilib kelgan).

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun

Ushbu qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting