Endi chet el valyutasida davromad oluvchi YATTlar va fermer xo‘jaliklari mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladi

0

2019-yilning 5-sentabr sanasida prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Korrespondent.uz 010
Foto: Korrespondent.uz

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chet el valyutasida davromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladilar (hozirga qadar chet el valyutasida yechib olishi mumkin bo‘lgan), chet el valyutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga ularning boshqaruv organlari 2017-yilning 5-sentabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting