O‘zbekistonda mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi. Ichki ishlar organlari xodimlariga esa deputatlikka saylanish taqiqlandi

0

Saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan Qonun Prezident tomonidan imzolandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining „Huquqiy axborot” Telegram kanali.

korrespondent uz 068
Foto: Flickr / Matthias Müller

Ushbu Qonun orqali  Konstitutsiya hamda bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi berildi.

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda ichki ishlar organi xodimlari Qonunchilik palatasiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga saylana olmaydi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting