Oʻzbekiston Qahramoni Markaziy harbiy okrugiga tashrif buyurdi (foto)

0

Kecha, 4 sentyabr kuni Oʻzbekiston Qahramoni Xasan ota Normurodov Markaziy harbiy okrug faoliyati bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi. Bu haqda Korrespondent.uz’ga Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabar qildi.

korrespondent uz 059

Dastlab, Oʻzbekiston Qahramoni Markaziy harbiy okrugda yangidan bunyod etilgan Stuatsion markazda boʻldi. Shundan soʻng, zamon talablari asosida jihozlangan va barcha qulayliklarga ega bo’lgan operativ boshqaruv punkti, elektron va badiiy kutubxona hamda panaramali majmuaviy otish trenajyori sinfini ko’zdan kechirdi.

korrespondent uz 060

Kunning ikkinchi yarmida, Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan harbiy okrug Madaniyat va ma’rifat markazida Oʻzbekiston Qahramoni hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi. Davra suhbati tarzida oʻtkazilgan tadbir kutilganidan ham mazmunli va qiziqarli boʻldi. Muloqot chogʻida Samarqand “Temurbeklar maktabi” tinglovchilari, Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi kursantlari, muddatli harbiy xizmatchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

korrespondent uz 056

Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni polkovnik Aybek Saidov so’zga chiqib, Mudofaa vaziri hamda okrug qoʻmondonligi nomidan samimiy tilaklar bildirib, «Nuroniy» jamgʻarmasining Samarqand viloyati boʻlimi raisi Xasan Normurodovni Davlatimizning yuksak mukofoti «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni bilan yana bir bor qutladi.

korrespondent uz 058

Tadbir davomida oddiy askarlar Shoislom Shoxosilov va Turgʻun Rajabov tomonidan Oʻzbekiston Qahramoniga oʻz portreti sovgʻa qilindi.

korrespondent uz 057

Shuningdek, bir guruh nafaqadagi harbiylar hamda harbiy okrug qoʻmondoni “Mudofaa vazirligi faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. O’z navbatida mehmonga Mudofaa vaziri nomidan maqtov xati topshirildi.

Izoh qoldiring:

Please enter your comment!
Ismingizni kiriting